Sodiq Safoev Pokiston Elchisi bilan uchrashdi
24 dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʼrinbosari Sodiq Safoevning Pokiston Islom Respublikasining Oʼzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Said Аli Аsad Gʼiloniy bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda Pokiston va Oʼzbekiston oʼrtasidagi munosabatlar keyingi paytlarda sezilarli darajada mustahkamlanib borayotgani, ikki tomonlama munosabatlar, eng avvalo, savdo va iqtisodiyot hamda turizm sohalarida katta salohiyatga ega ekani taʼkidlandi.
Elchi janoblari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mintaqaviy siyosatini va xalqaro munosabatlarda uzoqni oʼylagan puxta yondashuvini, shuningdek Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlik oʼrnatishga qaratilgan saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.
Uchrashuvda mintaqalar darajasidagi parlamentlararo aloqalarning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi. Shuningdek toʼqimachilik, qishloq xoʼjaligi, taʼlim va madaniyat sohalarida hamda oʼzaro manfaatli boshqa yoʼnalishlarda foydali hamkorlik qilish masalalariga ham toʼxtalib oʼtildi.
Uchrashuv yakunlari boʼyicha tomonlar ikki mamlakat parlamentlari palatalari va doʼstlik guruhlari oʼrtasida tizimli muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71613 | Инструменты