Sirdaryodagi maktabda o‘quvchining onasi o‘qituvchini urgani haqida xabar berilgandi. Holat bo‘yicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qo‘shimcha maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, holat MMTB va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi va tegishli chora ko‘rildi.
Shuningdek, o‘qituvchini urgan o‘quvchining onasi ham uzr so‘radi.
“Jahlim chiqqanda bilmay qoldim. Barchadan uzr so‘rayman”, deydi u.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bunday holatlarni keskin qoralashi va doimo murosasiz munosabatda bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31822 | Инструменты