Huawei 1
Sirdaryoda $2 mingga yaqin qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.  

Tezkor tadbir davomida fuqaro E.B. va boshqalar fuqaro M.X.ga Oqoltin tumanidagi “Sardoba” YPX maskani oldida 100 AQSH dollarlik kupyuradagi qalbaki 1 600 AQSH dollarini 10,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan JKning 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71619 | Инструменты