Huawei 1
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasidagi sanitariya va fitosanitariya shartlari to‘g‘risida Jahon savdo tashkiloti aʼzo davlatlarini xabardor qilish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi:                                 

- oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, qoidalar, nizomlar to‘g‘risida JST aʼzo davlatlarini muntazam xabardor qilishni taʼminlash;                                

- sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari to‘g‘risidagi loyihalarni eʼtiroz va takliflar olish uchun JST aʼzo davlatlariga yuborish;                       

- JST aʼzo davlatlarining eʼtiroz yoki takliflari va qarshiliklari asosida chora-tadbirlar loyihalarini qayta ishlash uchun tashabbuskor vakolatli davlat organlariga kiritish;                                                                 

- JST aʼzo davlatlari va manfaatdor tomonlarning asoslangan so‘rovlariga javoblar yuborish. 

Prezident farmoniga muvofiq, Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bitimi (SPS Agreement) talablaridan kelib chiqqan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining markaziy apparatida 3 ta shtat birligidan iborat Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari bo‘yicha axborot markazi tashkil etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60700 | Инструменты