Huawei 1
Samarqandda “yama”da yalang‘och cho‘milgan bloger 10 sutkaga qamaldi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik blogerning yo‘l o‘rtasidagi ko‘lmakda cho‘milgan videosi tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Samarqand IIBning xabar berishicha, 25-mart kuni 1992-yilda tug‘ilgan U.D. Urgut tumani ko‘chalarida mavjud bo‘lgan chuqur (“yama”)lar haqida fikrlari aks etuvchi 44 soniyadan iborat videoni yalang‘och holatda joylagani yuzasidan sud jarayoni bo‘lib o‘tgan. 

Sud hukmi bilan erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan aybli deb topildi va unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Shuningdek, u qilmishidan pushaymon ekanini bildirib, barchadan uzr so‘radi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43006 | Инструменты