Samarqandda ayolning yalong’och surat va videolarini tarqatmoqchi bo’lgan 40 yoshli erkak ushlandi

Joriy yil mart oyida 40 yoshli erkak 33 yoshli ayol bilan tanishib, ishqiy munosabatga kirishib yuradi.

Vaqt o‘tib, oradagi munosabatlar buzilgach, erkak ayolning uyatsiz video va rasmlarini internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, ayoldan pul talab qiladi.

Ayolning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, erkak Samarqand shahar Abdurahmon Jome ko‘chasida ayoldan 5 mln so‘m pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan erkakka nisbatan JKning 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi va 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21103 | Инструменты