Huawei 1
Qarzini to'lamagan shaxs oqibatda mashinasidan ayrildi

Fuqarolik ishlari bo'yicha Kogon tumanlararo sudining 07.08.2020 yildagi qarzdor M.Rashidovdan undiruvchi Kogon shahar Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 31,8 mln. so'm soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni undirish to'g'risida ijro hujjatlari MIB Kogon shahar bo'limi ish yurituviga kelib tushgan.

O'zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunining tegishli moddalariga asosan ijro ishi yuritish qo'zg'atilgan va qarzdorga ijro hujjati talabini bajarishlik uchun 15 kun ixtiyoriy muddat berilgan bo'lsada, qarzdor M.Rashidov tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmagan.

Davlat ijrochisi tomonidan berilgan ogohlantirishlarga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talablari bajarilmaganligi bois, O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 1981-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari miqdorida, ya'ni 1.115.000 so'm jarima tayinlangan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor M.Rashidovga “SPARK” rusumli avtoulov mavjudligi aniqlanib, avtomashina xatlanib 83.720.415 sumga baholangan va onlayn-auksionda sotilmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan Qonunning 56-moddasiga asosan 10 % arzonlashtirilgan holda qarzdorlik hisobidan olish taklif qilinib, avtomashina tegishli tartibda undiruvchining nomiga rasmiylashtirib berildi. Ijro hujjati esa Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.

Qarzdorning roziligiga muvofiq qolgan 24.544.364 sum ortiqcha pul mablag'lari soliq va ma'muriy jarima qarzini qoplashga yo'naltirildi.

Har qanday huquqiy hujjat oqibat keltirib chiqarishini fuqarolarga eslatib qo'yish lozim.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70709 | Инструменты