Huawei 1
Dam olish kunlari yoz uchun nisbatan qulay harorat bo‘lishi kutilmoqda

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha 32-37 daraja bo‘lgan yoz uchun nisbatan qulay harorat fonida asosan bulutsiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat respublikaning eng chekka janubida dam olishi kunlari havo ba’zi joylarda 39-41 darajagacha isiydi.

Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayadi. Yakshanba kuni esa faqat Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida va Farg‘ona vodiysida shamol kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylarida shamolning kuchayishi chang-to‘zonlar bilan qayd etiladi.

Toshkentda: havo bulutsiz bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 21-23 daraja, kunduz kunlari 34-37 daraja bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62802 | Инструменты