Huawei 2
Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlari joriy qilinishi jadallashtiriladi

“Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra,  pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024–2027-yillar davomida:

- tutzorlar yer maydoni 160 ming gektarga, dala chetlaridagi yakka qator ekilgan tut daraxtlari soni 500 millionga;

- respublikada ipak qurti urug'iga bo'lgan ehtiyojni mahalliylashtirish darajasi 80 foizga;

- respublikada ishlab chiqariladigan xom ipak sifati 5A klassga hamda uni qayta ishlash darajasi 75 foizga yetkaziladi.

Prezident farmonida nazarda tutilgan 105 ming gektar yer maydoni “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun aniqlangan boshlang'ich bahosining 10 foizi miqdoridagi narx bilan joylashtiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga