Huawei 1
O'zbekistonlik bolalar Ozarbayjondagi xalqaro festivalda Gran-pri sohibi bo'ldi

Ozarbayjonning Baku shahrida II "Viva Azerbaijan" xalqaro tanlov-festivali bo'lib o'tyapti.

Madaniyat vazirligi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston nomidan ishtirok etgan "Tomosha" bolalar musiqiy teatr-studiyasi mazkur tanlovning Gran-pri sohibi bo'ldi.

Gruziya, Mongoliya, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, BAA vakillari qatnashgan ushbu tanlovda "Tomosha" teatr-studiyasi o'zbek milliy urf-odatlari bilan bir qatorda turli millatlar madaniyatini o'z ichiga olgan teatrlashtirilgan folklor tomoshasini namoyish etdi.

Eng oliy o'ringa loyiq ko'rilgan hamyurtlarimizning dasturi butun dunyodan yig'ilgan tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'lib, mutaxassislar tomonidan tanlovning eng chiroyli va yorqin chiqishi deya e'tirof etildi.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi Nodira Qurbonova rahbarligidagi "Tomosha" bolalar musiqiy teatr-studiyasining yosh ijodkorlari 2024 yilda Dubay shahrida o'tkazilgan "Dubai Grand Festival" xalqaro bolalar teatrlari tanlovida ham Gran-pri sohibi bo'lgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61823 | Инструменты