O'zbekistonda aholi zich, uy-joyga talab yuqori bo‘lgan hududlarda kamida 3 000 ta xonadonli ko‘p qavatli uylar quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda ta'kidlanishicha, yurtimizdagi markazlashgan issiqlik tarmoqlariga 15 mingta turar-joy ulangan bo‘lsa-da (40 foiz), 2 ming kilometr issiqlik tarmog‘i (50 foiz) yaroqsiz ahvolda bo‘lib, tarmoqdagi yo‘qotishlar o‘rtacha 40 foizni tashkil etmoqda.
Yangi ko‘p qavatli uylarni, yaxlit massiv shaklida qurishdan maqsad ham, energoresurslarni, infratuzilma xarajatlarini iqtisod qilish hisoblanadi. Lekin, bu bo‘yicha vazirlikda ham, hududlarda ham haligacha yagona yondashuv mavjud emas.
Buning uchun turar-joylarning markazlashgan issiqlik ta’minotini tiklash, ularni zamonaviy tizimlarga o‘tkazish, bunga xususiy sektorni keng jalb qilish zarur.
Birgina misol, Toshkent shahri issiqlik ta’minotini “yopiq tizim”ga o‘tkazish yiliga 3 million gigakaloriya issiqlik yo‘qotishni (420 milliard so‘m), 320 million kubmetr (210 milliard so‘m) tabiiy gaz hamda 85 million kilovatt (40 milliard so‘m) elektr sarfini qisqartirish imkonini beradi.
“Yangi qurilayotgan turar-joy massivlariga 185 kilometr ichimlik suvi, 290 kilometr oqava tizimi, 130 kilometr elektr, 110 kilometr tabiiy gaz tarmoqlari zarur.
Bunga talab etiladigan 415 milliard so‘m mablag‘larning manbalari to‘liq hal etilgan.
Osiyo taraqqiyot bankidan qo‘shimcha berilgan 50 million dollar hisobidan aholi eng zich, uy-joyga talab yuqori bo‘lgan tumanlarni belgilab, kamida 3 mingta xonadonli ko‘p qavatli uylar qurish boshlanadi.
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lashning amaldagi tartib bo‘yicha arizani ko‘rib chiqishga 25 kungacha vaqt ketadi.
Subsidiya bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatini 10 kundan 3 kungacha, kelishiladigan tashkilotlarni 9 tadan 5 taga qisqartirish zarur” - deb aytdi davlat rahbari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60423 | Инструменты