Huawei 1
O'zbekistonda davlat OTMlariga hujjat topshirish yakunlandi. Bu yilgi abituriyentlar oxirgi 7 yildagiga qaraganda kamayib ketdi

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi. Bu haqda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etdi.

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

O‘zbek tili  — 644 027 nafar;

Rus tili  — 71 476 nafar;

Qoraqalpoq tili  — 14 959 nafar;

Boshqa tillar — 1 949 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

- erkaklar — 346 299 nafar;
- ayollar — 386 112 nafar.

Ma'lumot o'rnida, ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovni bugun, 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, 2024–2025 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida qatnashish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62618 | Инструменты