Huawei 1
O'zbekiston va Xalqaro atom energiyasi agentligi yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha hamkorlik istiqbollarini kelishib oldi

Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh qarorgohida agentlik ekspertlari va O'zbekiston delegatsiyasi o'rtasida 2025-2027-yillarga mo'ljallangan kompleks ish rejasini amalga oshirish masalalari bo'yicha ikkinchi maslahatlashuvlar bo'lib o'tdi

Maslahatlashuvlar davomida O'zbekiston yadroviy infratuzilmasini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, jumladan, normativ-huquqiy baza, xavfsizlik, kadrlar tayyorlash va ekologik jihatlarini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

2026-yilda amalga oshiriladigan Yadro infratuzilmasini kompleks ko'rib chiqish missiyasi, jamoatchilik muhokamasini o'tkazish va kichik modulli reaktorlarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. 

Xalqaro atom energiyasi agentligi vakillari O'zbekistonning bu boradagi kompleks yondashuvini yuqori baholab, kelgusida texnik hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51216 | Инструменты