Huawei 1
O'zbekiston va Shvetsiya onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda hamkorlik qiladi

Toshkent shahrida "O'zbekiston – Shvetsiya: onkologik yordam sohasida hamkorlik va tajriba almashish" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

IV Xalqaro farmatsevtika forumi doirasida gibrid formatda o'tkazilgan tadbir O'zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi va Toshkentdagi Shvetsiya Savdo va investitsiyalar kengashi ("Business Sweden") hamkorligida tashkil etildi.

Unda ikki mamlakatning yetakchi ekspert va mutaxassislari, jumladan, O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi, "O'zfarmsanoat" uyushmasi, Karolina instituti, Shvetsiya dori-darmon agentligi, "AstraZeneca", "Vision Zero Cancer" va boshqa kompaniyalar mutasaddilari ishtirok etdi.

O'zbekiston sog'liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov anjuman ishtirokchilariga tabrik yo'lladi.

Tadbir doirasida ikki mamlakat sog'liqni saqlash va farmatsevtika tizimlarini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar bo'yicha taqdimot o'tkazildi.

Muhokamalarda onkologiya va farmatsevtika sohasidagi hamkorlik istiqbollari, yangi loyihalarni ishlab chiqish, tajriba almashish va qo'shma tadqiqotlar o'tkazish masalalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, erta tashxis qo'yish, davolashning innovatsion usullarini joriy etish, skrining tizimini rivojlantirish va onkologik yordam sifatini oshirish masalalariga e'tibor qaratildi.

Tashkilotchilarga ko'ra, mazkur davra suhbati tibbiyot sohasida O'zbekiston-Shvetsiya hamkorligini mustahkamlash va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlar uchun tibbiy yordam ko'rsatish sifatini yaxshilash yo'lidagi muhim qadam bo'ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60901 | Инструменты