O'zbekiston BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksida 6 yilda 55 pog'onaga yuqoriladi
O‘zbekiston 2020-yilga nisbatan 55 pog‘onaga, 2024-yildagi o‘rindan 31 pog‘onaga yuqorilab, xalqaro reytingda 32-o‘rinni egalladi. Mamlakatning umumiy Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (EGDI) 0,8930 ni tashkil etdi. 2024-yilda esa bu ko‘rsatkich 0,7999 ga teng bo‘lgan edi.

Tadqiqotda O‘zbekistonning onlayn davlat xizmatlari 0,8885, telekommunikatsiya infratuzilmasi 0,9213 hamda inson kapitali  0,8692 ball bilan baholandi. Shuningdek, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki ko‘rsatkichi 0,8276 ni tashkil etdi.

Hisobotda O‘zbekistonning raqamli transformatsiya borasidagi tajribasi, jumladan, sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari ham ijobiy misol sifatida qayd etilgan. Xususan, Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazining pilot loyihalari, davlat va xususiy sektorda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, ilmiy hamkorlik va sohadagi tanlovlar eʼtirof etildi. O‘zbekiston belgilangan strategik maqsad — BMT reytingining TOP-30 taligiga kirish sari yana bir muhim qadam tashladi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112101 | Инструменты