Huawei 1
Orolbo‘yida ko‘llar qurishi oqibatiga qarshi kurash bo‘yicha Yuta tajribasi qo‘llanishi mumkin

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov AQSHning Yuta shtati Senati prezidenti Styuart Adams boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston hududlari va Yuta shtati o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish, jumladan, tomonlarni qiziqtirgan sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilingan.

Katta tuzli ko‘l (Great Salt Lake) qurishi va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha Yuta shtati tajribasini Orolbo‘yi mintaqasida amaliy qo‘llash masalasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirilgan.

Yuta shtati AQSHning g‘arbiy qismida joylashgan. Shtatning yalpi hududiy mahsuloti 2023-yilda 272,5 milliard dollarni, shu jumladan, aholi jon boshiga 62,8 ming dollarni tashkil etgan. Qishloq xo‘jaligi, turizm, tog‘-kon sanoati, energetika, axborot texnologiyalari va moliya shtat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlari hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga