Huawei 1
Oktobank Human‘ga qarshi sudga 500 milliard so‘m tovon to‘lashni talab qildi

HUMANS moliyaviy servisi Octobank AJ bank tizimidan uzilishi va Octobank AJ ushbu bilan HUMANS" MCHJ bilan o‘zaro hisob-kitoblar (Kliring)ga xizmat ko‘rsatish va HUMANS moliyaviy xizmati doirasida chiqarilgan kartalar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish to‘xtatilishi to‘g‘risida rasman maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, bunday qaror HUMANS MCHJ tomonidan shartnomaviy munosabatlarning muntazam ravishda buzilishi va qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmasligi sababli qabul qilingan.

“Qayd etish lozimki 2020 yildan beri tomonlar o‘rtasida moliyaviy xizmatni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuv amal qilib kelgan bo‘lib, unda Octobank AJ hamkor sifatida ishtirok etgan. Octobank AJ shartnoma shartlarini lozim darajada bajarib kelgan bo‘lsada, biroq HUMANS MCHJ tomonidan amalga oshirilgan kliring operatsiyalari bo‘yicha qarzdorlik va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komissiya qoplanmasdan kelmoqda.

Shuningdek, hozirda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida daʼvogar Octobank AJning javobgar HUMANS MCHJdan jami 500 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirish va yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi daʼvo arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan iqtisodiy ish ko‘rib chiqilmoqda.

HUMANS MCHJ bilan o‘zaro hamkorlikni to‘xtatish O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi”, - deyiladi xabarda.

Xizmatni o‘chirish 2025 yil 13 iyun kuni soat 18:00 dan boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61319 | Инструменты