O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

22−23-noyabrda O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xizmati agentligi rahbari direktori Sherzod Habibullayev ogohlantirdi.

Ma'lum qilinishicha, 21−23-noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 21-noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 22-noyabrda respublikaning katta qismida, 23-noyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi.

22-noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, 23-noyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.22−23-noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘ylab 21−22-noyabrda ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 22−25 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Havo harorati 22−24-noyabrda +13…+18 darajagacha, ba’zi joylarda +10…+12 darajagacha pasayadi. 23−24-noyabr kunlari kechasi harorat +3…+6 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda −1…−3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты