Huawei 1
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

“O‘zgidormet” 18—20-mart kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18—19-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18—19-martda 2-7 daraja iliq, 20-martda 4-9 daraja iliq, kunduzi 18-martda 15-20 daraja iliq, 19—20-martda 10-15 daraja iliqqacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18—19-martda 7-12 daraja iliq, 20-martda 10-15 daraja iliq, kunduzi 18—19-martda 18-23 daraja iliq, 20-martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19-martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 20-martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 18—19-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 20-martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Jizzax viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18—19-martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 20-martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 18—19-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 20-martda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 18—19-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 20-martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18—19-martda 7-12 daraja iliq, 20-martda 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja iliq, 19—20-martda 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18—19-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18—19-martda 3-8 daraja iliq, 20-martda 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-martda 13-18 daraja iliq, 19—20-martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 18-martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 19-martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 19-martda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Теglar: O‘zbekiston
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga