O‘zbekistonda ichki aviachiptalar narxi o‘rtacha 20 foizgacha arzonlashtirildi

Prezident topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan ichki aviaqatnovlar bozori, mavjud tariflar va narx shakllanishi atroflicha o‘rganildi.

Tashish xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar yuqori instansiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Shu munosabat bilan, Raqobat qo‘mitasi va «Uzbekistan Airways» AJ hamkorligida ichki yo‘nalishlar bo‘yicha tariflar qayta ko‘rib chiqilib, joriy yilning 16-oktyabridan boshlab aviachiptalar narxi o‘rtacha 20 foizgacha pasaytirildi.

Mazkur chora-tadbirlar:
- Aholi uchun aviaqatnovlarni yanada hamyonbop qilish;
- Ichki turizmni rivojlantirish va hududlararo harakatlanishni kengaytirish;
- Xizmat safarlari va shaxsiy tashriflarni rejalashtirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101315 | Инструменты