Huawei 1
O‘zbekistonda 1-iyulgacha “Oila hamkori” platformasi ishga tushiriladi

Vazirlar Mahakmasining 18-iyundagi “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga vaucher asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Qaror bilan “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom taqdiqlandi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi prezident qarori bilan 2025-yil 1-iyundan joriy etilgandi.

Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi:

  • uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish xizmati;
  • uy sharoitida qarab turish xizmati;
  • tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
  • kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
  • shaxsiy yordamchi xizmati;

Nizomda belgilanishicha, ijtimoiy xizmat tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • maishiy yumushlarda ko‘maklashish (ovqat tayyorlash, supurush-yig‘ishtirish, kiyim-kechaklarni yuvish, zarur oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini uyga yetkazib berish);
  • gigiyena tadbirlarini amalga oshirish;
  • tibbiyot va sport muassasalariga hamrohlik xizmatini ko‘rsatish;
  • tyutorlik (shaxsni o‘ziga-o‘zi xizmat qilishga o‘rgatish, gadjetlardan mustaqil foydalanishga, shu jumladan, elektron kitoblar va so‘nggi qabul qilingan qonunchilik hujjarlari bilan tanishish, onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish va boshqalar).

Hukumat qarorida belgilanishicha, Ijtimoiy himoya agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar “Ijtimoiy himoya” axborot tizimida dastur doirasida ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, boshqarish, ularga ishlov berish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda zarur hollarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘satishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini nazorat qilish imkoniyatlariga esa bo‘lgan “Oila hamkori” platformasi ishga tushirilishini ta’minlashi lozim.

Vaucher berish va uning qiymatini to‘lash ushbu platformasi orqali amalga oshiriladi.

Agentlik va vazirlik 2025-yil 1-oktyabrga qadar dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlarni boqichma-bosqich tadbirkorlik subyektlari va o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar orqali ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rishi lozim.

2025-yil 1-noyabrdan boshlab dastur doirasida yo‘lga qo‘yiladigan xizmatlatni ko‘rsatuvchi shaxslar uchun Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida qisqa muddatli (36 soatdan kam bo‘lmagan) o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Onlayn yoki offlayn shaklda tashkil etiladigan ushbu o‘quv kurslarida o‘qish uchun BHMning 0,5 baravari miqdorida to‘lov qilinadi. “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi va agentlikning tizim tashkilotlari xodimlari bepul o‘qitiladi. Ushbu o‘quv kusrsini muvaffaqiyatli yakunlaganlarga 3 yilga sertifikat beriladi. Dastur doirasida yo‘lga qo‘yiladigan xizmatlar shunday sertifikatga ega bo‘lganlar tomonidan ko‘rsatiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62103 | Инструменты