Huawei 1
O‘zbekiston “Xitoyda O‘zbekiston turizmi yili” doirasida Makaoda turistik roudshou o‘tkazdi

2025-yil 16-iyun kuni Turizm qo‘mitasi tomonidan Makao shahrida O‘zbekiston va Makao maxsus ma’muriy hududi o‘rtasidagi turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash hamda mamlakatimiz sayyohlik brendini faol targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan roudshou katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazildi.

Tadbir zamonaviy O‘zbekiston turizmining yorqin taqdimotiga aylandi, unda sayyohlik kompaniyalari, davlat idoralari, ishbilarmon doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Ishtirokchilarga O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosini aks ettiruvchi noyob sayyohlik yo‘nalishlari, shuningdek, ekologik, gastronomik va ishbilarmonlik turizmining istiqbollari taqdim etildi.

Toshkent va Xorazm viloyatlarining sayyohlik salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi, har bir viloyatning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beruvchi alohida taqdimotlar namoyish etildi.

Dasturning muhim qismi sifatida Makao davlat turizm boshqarmasi direktori janob Chen Vay Tong bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tomonlar sayyohlik operatorlari o‘rtasida bevosita aloqalarni o‘rnatish, o‘zaro sayohatlarni tashkil etish, madaniy almashuvlarni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma ko‘rgazma va forumlarda ishtirok etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni muhokama qildilar. O‘zbekiston va Makao o‘rtasida sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladigan barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga intilish alohida ta’kidlandi.

Kechaning yakunida o‘zbekistonlik san’atkorlar tomonidan milliy qo‘shiq va raqslar ijro qilinib, madaniy dastur namoyish etildi. Sharqona mehmondo‘stlik muhiti, chiroyli milliy liboslar, jonli musiqa va an’analarning namoyishi tadbir mehmonlariga O‘zbekistonning betakror olamiga sho‘ng‘ish imkonini berdi, bu esa Buyuk Ipak yo‘li yuragidagi sayohatlarga qiziqishni yanada oshirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70202 | Инструменты