Huawei 2
O‘zbekiston transport sohasida nazorat organlari Polshada qo‘shma reyd o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, “Raqamli transport” markazi va Transport tadqiqot markazi xodimlaridan iborat delegatsiya shu kunlarda Polsha Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida Polsha avtotransport inspeksiyasi xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazildi va polshalik hamkasblarning vazn va hajm parametrlari, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga amal qilishi, shuningdek, xalqaro yuk tashish va xavfli yuklarni tashish uchun ruxsatnomalarni tekshirish jarayoni bo‘yicha tajribasi o‘rganildi.

Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport nazorati inspeksiyasi va Polsha avtomobil transporti inspeksiyasi o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga