2025 yilda O‘zbekiston aeroportlarida 128 972 ta aviareys amalga oshirildi, bu – 2024 yilga nisbatan 14 foizga ko‘p, deya maʼlum qildi Uzbekistan Airports.
O‘tgan yilgi aviareyslardan 92 480 tasi xalqaro, 36 492 tasi esa ichki yo‘nalishlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
2025 yilda O‘zbekiston aeroportlari 15 504 264 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi, bu – bir yil oldingiga nisbatan 15 foizga yuqori. Yo‘lovchilarning 12 707 101 nafari xalqaro reyslar, 2 797 163 nafari esa ichki aviaqatnovlardan foydalangan.
Shuningdek, o‘tgan yili O‘zbekiston aeroportlarida 98 137 tonna yuk va pochta qayta ishlangan bo‘lib, bu 2024 yilga nisbatan 12 foizga ko‘p.
2025 yilda O‘zbekiston aeroportlariga to‘rtta xorijiy aviakompaniya jalb qilindi, bular – Air China, China Eastern, T‘way Air (Koreya), Air Asia (Malayziya).
Alpha version: 0.9.1.19 build 12114 | Инструменты