O‘zbekiston 2023-yilda “Viki Yerni sevadi” ("Viki lyubit Zemlyu") xalqaro tanlovida ilk bor ishtirok etdi. Unda mamlakatdan 3279 ta fotosurat taqdim etildi.
Mahalliy hayʼat aʼzolari xalqaro bosqich uchun 10 ta suratni saralab oldi.
Xalqaro hakamlar minglab fotosuratlar orasidan Marat Nadjiboyevning O'zbekistonning Ugom-Chotqol milliy bog‘idagi Ko‘ksuv daryosining kuz faslidagi tabiiy osoyishtaligi aks etgan suratni g‘olib deb topdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91303 | Инструменты