O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) faxriylar kengashi raisi, O‘FA Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” To‘lagan Isoqov olamdan o‘tdi.
O‘zbekiston futbolining jonkuyar fidoyisi, tajribali mutaxassis To‘lagan Isoqov butun umrini futbol rivojiga bag‘ishlagan inson edi. U futbolchi sifatida o‘z faoliyatini Toshkentning “Paxtakor” jamoasida o‘tkazib, 13 mavsum davomida klub sharafini munosib himoya qilgan. Isoqov 252 o‘yinda maydonga tushib, 52 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Murabbiylik faoliyatida ham u o‘z nomini munosib davom ettirib, “Paxtakor”, “Zarafshon” va “Surxon” jamoalarini boshqargan. So‘nggi yillarda esa O‘FA faxriylar kengashiga rahbarlik qilib, mamlakatimizda futbolning ommalashuvi va rivojiga katta hissa qo‘shgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110818 | Инструменты