Nima sababdan maktab darsliklari o'quvchilarga ijara asosida beriladi?
Bugun AOKA zalida Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ishtirokida o'tkazilgan brifingda aholidan tushayotgan savollarga javob qaytarildi:
Nima sababdan maktab darsliklari o'quvchilarga ijara asosida beriladi?
Buning sababi ota-ona darslikni ko'chadan xarid qiladigan bo'lsa, bu unga juda ham qimmatga tushadi, birgina ta'lim tili rus tilida bo'lgan 4-sinf to'plam darsliklarning bahosi ochiq savdoda — 299 630 so'mni tashkil qilsa, kutubxonada ushbu to'plam darslikning bahosi 24 200 so'm bo'lib, 12 barobarga arzon sanaladi.
Qayd etish lozimki, darslik ijarasi kutubxona jamg'armalaridan ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10510 | Инструменты