Namangan viloyati “Kosonsoy tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi ishchisi o‘zganing ishonchiga kirib, go‘yoki o‘zida qalbaki 20 ming AQSH dollari borligini va uni haqiqiy 14 ming AQSH dollariga sotishini aytadi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, unitar korxona ishchisi o‘zaro kelishuv doirasida xaridorga qalbaki 8 ming AQSH dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, u mazkur qalbaki xorijiy valyutani Kosonsoy tumanida yashovchi, 1985 yilda tug'ilgan shaxsdan olganligi aniqlanib, ushbu fuqarodan ham yuqoridagi kelishuv doirasidagi soxta 6 ming AQSH dollari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, 1985 yilda tug'ilgan shaxs ushbu qalbaki valyutalarni Kosonsoy tumanida istiqomat qiluvchi, 1992 yilda tug'ilgan fuqarodan olganligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi.
Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70119 | Инструменты