Huawei 1
Misrlik mashhur tur-bloger O'zbekistonning boy tarixiy merosi va sayyohlik salohiyatini targ'ib qilyapti

Misrlik mashhur tur-bloger Karim Abdulhamid ijodiy safar bilan O'zbekistonda bo'ldi

O'zbekistonning Misrdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan safar doirasida u Toshkent, Namangan, Samarqand kabi shaharlarda bo'lib, mamlakatimizning madaniy merosi, tarixiy obidalari, milliy an'analari va xalqimizning samimiy mehmondo'stligi haqida turkum videomateriallar tayyorladi.

Mazkur videolavhalar misrlik blogerning "Instagram", "Facebook", "TikTok" va "YouTube" platformalarida joylashtirildi. E'tiborlisi, yurtimiz sayyohlik salohiyati va tarixiy merosiga doir kontentlarni salkam 9 million kishi ko'rdi.

Karim Abdulhamidning mamlakatimizga tashrifi nafaqat O'zbekistonning turizm salohiyatini keng auditoriyaga tanishtirishga, balki Misr va boshqa arab mamlakatlaridan yurtimizga turistlar oqimini oshirishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60609 | Инструменты