Huawei 1
Mehnat ta'tili paytida pedagoglarni turli tadbirlarga jalb qilayotganlarga nisbatan tegishli choralar ko'riladi

AOKA huzuridagi shtabda Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev bilan onlayn brifing bo'lib o'tdi.

Brifing UZREPORT TV telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatildi.

Savol: O'qituvchilarga virus sababli otpuska berishdi. Ammo nega ularni majburan elektron jurnal to'ldirish uchun maktablarda ushlab o'tirishibdi? Nega karantinga amal qilishmayapti? Jurnallar qochib ketadimi? Qani sog'liq haqida qayg'urish? Karantin qilib nima qilishardi? Kim buni nazorat qiladi?

Javob: Respublikamizdagi barcha pedagoglar joriy yilning 18 martidan boshlab haq to'lanadigan mehnat ta'tiliga chiqarildi. Bu haqda vazirlikning tegishli buyrug'i ham qabul qilinib, joylarga yetkazildi.

Shunday bo'lsa ham hududlarda ta'til vaqtida o'qituvchilarni turli tadbirlar (majlis, yig'in, uchrashuv)ga jalb etilayotganligi yoki ishga chaqirib qandaydir ishlarni bajarish majburlanayotganligi haqida xabarlar kelmoqda.

Vazirlik tomonidan bunday holatlar tezkor o'rganilib, tegishli choralar ko'rilmoqda. Bundan tashqari, ta'til vaqtida pedagoglarni hech qanday ishlarga jalb etmaslik to'g'risida vazirlikning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari, veb-sayti orqali murojaat bilan chiqilgan. Savolda aniq manzil (qaysi viloyat, tuman, maktab) ko'rsatilmagan ekan, agar bu haqda to'liq ma'lumot berilsa, albatta bunga chora ko'riladi.

Shu bilan birga, ta'tilda belgilangan pedagogik yuklamalarni onlayn, ya'ni masofadan turib bajarish imkoniyati yaratiladi.

Elektron kundalik masalasiga kelsak, biz televizion darslarni elektron kundalik orqali ham yetkazish, ya'ni uyga berilgan topshiriqlarni o'qituvchilar orqali ota-onalarga yetkazish va o'quvchilarni baholash rejalashtirilgan. Buning uchun o'qituvchi ishga borishi shart emas, uni mobil telefon orqali uyda turib ham bajarishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52509 | Инструменты