Huawei 1
Malayziyada O'zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati targ'ib qilinadi

O'zbekistonning Malayziyadagi elchixonasida Butunjahon ziyorat turizmi va savdo ko'rgazmasi va Butunjahon madaniyat va san'at festivali tashkiliy qo'mitasi raisi Mohd Xalid Xarun bilan uchrashuv o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muloqot davomida O'zbekistonning ziyorat turizm salohiyati va boy madaniy merosini Malayziyada keng targ'ib qilish, ikki mamlakat turkompaniyalari o'rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatish orqali respublikamizga sayyohlar oqimini yana-da oshirish masalalari muhokama qilindi.

Malayziya tomoni so'nggi yillarda O'zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, jumladan zamonaviy sayyohlik infratuzilmasini yaratish bo'yicha olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar, musulmon mamlakatlardan kelayotgan sayyohlarga yaratilgan qulayliklar haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirildi.

O'zbekiston hududlari va poytaxt Toshkent shahrida mavjud turizm dasturlari, jumladan "ziyorat turizmi", "Umra+", "madaniy turizm", "gastroturizm", "qishki turizm" kabi turpaketlar malayziyaliklar orasida keng targ'ibot qilinayotgani ta'kidlandi.

Tomonlar shu yilning 22-24-avgust kunlari Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tadigan Butunjahon ziyorat turizmi va savdo ko'rgazmasi   hamda Butunjahon madaniyat va san'at festivalida O'zbekiston turizm salohiyati va madaniyatini keng targ'ib qilish bo'yicha taklifni qo'llab-quvvatladilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51523 | Инструменты