Huawei 1
Londonda “O‘zbekiston xazinalari” filmining suratga olinishi yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Londonda britaniyalik tarixchi, teleboshlovchi va hujjatli filmlar muallifi Bettani Xyuz va “Sandstone Global” prodyuserlik kompaniyasi rahbari Diksi Styuart bilan uchrashdi.

Muzokaralarda “O‘zbekiston xazinalari” nomli hujjatli filmning O‘zbekistonda suratga olinishi bo‘yicha va uni xalqaro media platformalarda taqdim etilishi masalalari muhokama qilindi.  

Suratga olish ishlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasini qamrab oladi.  

Film mamlakatimizning boy tarixiy merosi, madaniyati va sayyohlik salohiyatini namoyon etishga qaratilgan bo‘lib, uning auditoriyasi dunyo miqyosida millionlab tomoshabinlarni qamrab olishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62821 | Инструменты