Huawei 1
"IndiGo" aviakompaniyasi Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Hindistonning loukoster aviakompaniyasi Toshkentga ikkinchi yo‘nalishni ochmoqda. 2025-yil 1-avgustdan aviatashuvchi Mumbay-Toshkent-Mumbay yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Reyslar haftasiga to‘rt marta dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

"IndiGo" - bosh qarorgohi Hindistonning Gurgaon shahrida joylashgan hind xususiy loukoster aviakompaniyasi. Kompaniya muntazam qatnovlar soni va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi. "IndiGo" 2023-yil sentabr oyidan Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga muntazam reyslarni amalga oshirib kelmoqda.

Yangi yo‘nalish - Mumbay, ilgari Bombey nomi bilan tanilgan, Hindistonning moliyaviy markazi va dunyodagi aholi eng zich joylashgan shahar markazlaridan biri. Hindistonning g‘arbiy sohilida Arab dengizi bo‘yida joylashgan shahar Bollivudning yuragi va savdo, moda va ko‘ngilochar markazi hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60623 | Инструменты