O‘tgan yilning iyun oyida 31 yoshli erkak bloger niqobi ostida ikkinchi xotinga uylanib, uning voyaga yetmagan qizini muntazam zo‘rlab kelganlikda gumonlanib qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
Manbaning maʼlum qilishicha, ushbu sud ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.
JIB Sirg‘ali tuman tuman sudining 2024 yil 27 dekabrdagi hukmiga ko‘ra, A.K., JKning 126-1-moddasi 2-qismi bilan ayblash epizodi bo‘yicha, uni harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lmagani sababli, u aybsiz deb topilib va JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan oqlangan edi.
Biroq A.K., JKning qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
A.K.ga JKning 59,61-moddalariga asosan, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan o‘tash uchun 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
JKning 50-moddasi 9-qismi “b” bandiga asosan A.K.ga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining 1 yilini turmada, qolgan qismini JKning 50-moddasi 7-qismi “b” bandiga asosan umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlangan.
Hukm qonuniy kuchga kirgach, A.K.dan jabrlanuvchi M.A. foydasiga jinoyat oqibatida yetkazilgan 254 653 783 so‘m moddiy zarar undirilishi belgilangan.
Toshkent shahar sudi JIB apellyatsiya instansiyasining 2025 yil 17 apreldagi ajrimiga ko‘ra, JIB Sirg‘ali tuman tuman sudining 2024 yil 27 dekabrdagi A.K.ga oid hukmi o‘zgartirilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, A.K.ga JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 126-1-moddasi 3-qismi, 25,119-moddasi 4-qismi, 119-moddasi 4-qismi bilan tayinlangan jazolar aslicha qoldirilib, JKning 59-moddasiga asosan, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan o‘tash uchun 16 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62003 | Инструменты