Huawei 1
Haj mavsumida O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga charter aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways 13–28-may kunlari davomida “Haj-2025” dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga charter yo‘lovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar berdi

Unda aytilishicha, ziyoratchilar Toshkent, Samarqand, Namangan, Qarshi, Termiz, Navoiy, Urganch va Nukus shaharlaridagi xalqaro aeroportlardan Madina shahriga yetkaziladi. Ushbu bosqichda 6 267 nafar ziyoratchi haj safariga jo‘nab ketishi ko‘zda tutilgan.

Ortga, ya’ni Jidda shahridan O‘zbekistonning turli shaharlariga qaytish reyslari esa 12–29-iyun kunlari amalga oshiriladi. Bu bosqichda 15 150 nafar ziyoratchining mamlakatga qaytishi rejalashtirilgan.

Uzbekistan Airways ziyoratchilarning xavfsiz, qulay va samarali tashuvini ta’minlash maqsadida barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

O‘zbekistondagi 2025-yilgi haj mavsumi 13-maydan boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50719 | Инструменты