Huawei 1
GM Uzbekistan sinov tariqasida 28 ta Chevrolet Tracker avtomobilini yig'di

«GM Uzbekistan» AJ modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq, «GM Uzbekistan» AJ «GM Korea» bilan hamkorlikda kompaniyaning Toshkent shahridagi filialida «Tracker» modelini yirik uzelli yig'ish ishlarini olib bormoqda. Bu haqda jamiyat veb-saytida xabar qilinmoqda.

Ushbu modelni ishlab chiqarishni amalga oshirish, shuningdek Toshkent shahridagi «GM Uzbekistan» filialiga uskuna va butlovchi qismlarni yetkazib berish bo'yicha kompaniyalar o'rtasida bir qator shartnomalar imzolangandi. Sinov ishlab chiqarish doirasida ayni damda 28 dona «Tracker» avtomobili yig'ildi.

Aytish joizki, «Tracker» avtomobilini dastlabki yirik uzelli yig'ish muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ommaviy ishlab chiqarish yo'lga qo'yilishi sanasi, shuningdek avtomobil xususiyatlari va narxlari haqida batafsil ma'lumot barcha ishlab chiqarish jarayoni yo'lga qo'yilgandan so'ng ma'lum qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60911 | Инструменты