“Faridaning ikki ming qo'shig'i” yana bir kinofestivaldan taklif oldi
«O'zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Fox Cinema" studiyasi tomonidan suratga olingan “Faridaning ikki ming qo'shig'i” badiiy filmi nufuzli Adelaida kinofestivalida ishtirok etadi. 1960 yildan buyon har yili kuzda o'tkazilib kelinayotgan festival Janubiy Avstraliyaning poytaxti Adelaida shahrida bo'lib o'tadi.
Avvalroq, ushbu film Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan Pusan xalqaro kinofestivalida qatnashishi haqida xabar berilgan edi. Pusan kinofestivali Osiyoning eng yirik xalqaro festivallaridan biri hisoblanadi.
Ssenariy muallifi va rejissyor Yolqin To'ychiyev, postanovkachi operator Bahodir Yo'ldoshev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, film direktori Shavkat Rizayev. Rollarda: Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova,Elmira Rahimjonova, Marjona O'ljayeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Hojiquliyeva va boshqalar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80211 | Инструменты