Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida qo‘shnisini o‘ldirib, yoqib yuborgan yigitga hukm o‘qildi. Bu haqda “Hudud” dasturida xabar berildi.
Maʼlum bo‘lishicha, yigit marhum qishloqdoshi bilan avval janjallashib, tan jarohati olgani bois marhumga ozodlikdan mahrum qilishga doir jazo tayinlangan. Keyinchalik jazo axloq tuzatish ishlariga almashtirilgan.
Marhum qishloqdoshi unga jazo o‘tayotganini ro‘kach qilib, jazo va boshqa xarajatlari uchun 150 dollar olganidan so‘ng, yana kreditini so‘ndirish uchun 4,5 mln so‘m so‘raganidan jahli chiqqan. Shu sababli xilvat joyga olib borib ko‘ksiga bir marta pichoq sanchgan va qasddan o‘ldirgan.
Shundan so‘ng u murdani Qo‘shtepa tumanida joylashgan qurilishi tugallanmagan xonadonga olib kelgan. Labo’ga murdani, o‘tin, avtomashina shinalari, benzinni yuklab korxonalardan biriga qarashli yerga olib borgan va murdani yoqib yuborgan.
Sud hukmi bilan u 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52000 | Инструменты