Erondagi vaziyat O‘zbekiston tomonidan diqqat bilan kuzatib borilmoqda. O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar namoyishlar davomida jabrlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari qayd etilmagan.
Shu munosabat bilan, Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslik, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan yiroq bo‘lish hamda shaxsiy xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etish so‘raldi.
Zarur hollarda O‘zbekistonning Tehron shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin: +982122299780, +982122832025.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11419 | Инструменты