Huawei 1
Endilikda ayrim “marshrutka”larda ham yoʻl haqini transport kartasi orqali toʻlash mumkin

Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi xabar qildi. Unga ko'ra, 2021-yil 22-fevraldan boshlab:

 52m-sonli “Ibn Sino mavzesi ASHB- Malika fabrikasi bekati” 

 110m-sonli “Oʻzbekiston jamoa xoʻjaligi – Oloy bozori bekati”

 yoʻnalishli taksi yoʻnalishlarida yoʻl haqini transport kartalari va “Humo” va “Uzcard” NFC bank kartalari orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Bundan tashqari, 52m-sonli va 110m-sonli yoʻnalishlarni “Mening yoʻnalishim”, “2GIS” va “3TM” mobil ilovalari orqali kuzatishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, yoʻnalishli taksi yoʻnalishlarida imtiyozli transport kartalari amal qilmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71613 | Инструменты