Huawei 1
"El-yurt umidi" jamg‘armasi 2025-yil uchun stipendiya tanlovini eʼlon qildi

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Boshqaruv kengashining 2025-yil 3 iyundagi 1-son qaroriga muvofiq nufuzli yetakchi universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida ta’lim olish uchun Jamg‘armaning 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi.

Mazkur stipendiya tanlovi uchun o‘rinlar ajratishda STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) hamda iqtisodiyotning drayver sohalariga (energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura va qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi, geodeziya, yer munosabatlari) shuningdek, davlat boshqaruvi va boshqa dolzarb ijtimoiy yo‘nalishlarga (tibbiyot, ta’lim) maqsadli asosda alohida ustuvorlik berildi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi uchun jami 450 ta o‘rin ajratilgan.

Xususan:

- bakalavriat - 130 ta o‘rin;
- magistratura - 220 ta o‘rin;
- doktorantura - 100 ta o‘rin.

Nomzodlarga hujjat topshirish jarayonida yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Jamg‘arma tomonidan onlayn platforma ishga tushirildi.

Nomzodlar joriy yilning 3-iyunidan 16-iyuniga qadar  mazkur platforma orqali tegishli hujjatlarni yuborib, tanlovga nomzod sifatida qatnashishlari mumkin.

Shuningdek, nomzodlar hujjatlarini topshirish jarayonida quyidagi ma’lumotlarni yuklashlari lozim:

- Jamgʻarma Ijrochi direktori nomiga ariza;
- xorijiy taʼlim muassasasidan qabul qilinganligi toʻgʻrisida xat (Letter of acceptance);
- mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud boʻlsa);
- attestat yoki diplom nusxasi;
- xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat;
- motivatsion insho va boshqalar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60610 | Инструменты