Denovdagi mahallalarga yangi transformatorlar o'rnatildi
Joriy yil boshida Oliy Majlis Senati a'zosi Abdug'ani Sanginov hamda Denov tumani hokimi Baxtiyor Ibatovning tuman aholisi bilan bo'lib o'tgan ochiq muloqotida joylardagi elektr energiyasi tarmoqlari, transformatorlarning eskirganligi sababli elektr uzatishda uzilishlar kuzatilayotgani ta'kidlangan edi.
Ushbu muammoni shu vaqtdayoq bartaraf etishga kirishildi. Jumladan, 5 dona yangi 250 kVa quvvatli transformator hamda 7500 metr AS-35 rusumli elektr simlarni homiylik asosida Denov tumani elektr tarmoqlari korxonasi balansiga o'tkazib berildi. Qolaversa, mazkur uskunalar soha mutaxassislari tomonidan tumanning “Chim”, “Bo'ston”, “O'zbekiston”, “Dunyotepa” hamda “Navbahor” mahalla fuqarolar yig'inlari hududlariga o'rnatildi.
— Mahallamizda elektr tarmoqlaridagi uzilishlar odatiy tusga kirib qolgandi, — deydi «Dunyotepa» MFY raisi Gulboy Xudoynazarov. — Ayniqsa, kuz-qish mavsumida odamlar juda qiynalishardi. Endi bularning barchasi ortda qoldi. Negaki, mahallamizga zamonaviy transformator o'rnatildi, simyog'ochlar, hatto ularning simlari ham yangisiga almashtirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52409 | Инструменты