Huawei 1
Dehlidan Chikagoga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Dehli-Chikago yo‘nalishida AI-127 reysini amalga oshirayotgan “Air India” aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. Samolyotda bo'lgan 86 yoshli ayol yurak hurujiga uchragan. Shundan so’ng ekipaj eng yaqin muqobil aerodromga borishga qaror qildi.

Soat 06:44 da “Air India” aviakompaniyasining samolyoti Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Yo‘lovchi va uning hamrohi tez tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan.

“Air India” aviakompaniyasi samolyoti hozirda Toshkent aeroportidan uchishga hozirlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga