Huawei 2
Defektolog Dilorom Jabborova "Ovoz" nomli markaz ochgani haqida xabar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda “defektolog” D.J. ga tegishli “Ovoz” markazi tashkil etilganligi haqida xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mutasaddi idoralar bilan birgalikda mazkur holatni o‘rgandi.

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida fuqaro D.J. ga tegishli  “Ovoz” nomli hech qanday ta’lim muassasa qayd etilmagan bo‘lib, mazkur hududda so’nggi vaqt mobaynida ham bunday turdagi hech bir nodavlat ta’lim muassasa ochilmagan.

Аniqlanishicha, “Ovoz” MCHJga tegishli “Ovoz akademiyasi o‘quv markazi” Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ushbu markaz Namangan shahrining Yangi Namangan tumanida ijara shaklida o‘z faoliyatini boshlagan. D.J. esa ushbu maskanni ochilish marosimida tashkilotchilar tomonidan reklama maqsadida taklif etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27-fevral kuni D.J. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi tergovi davomida D.J.ning bolalar duduqlanishi muammosiga oid har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi to‘xtatilgan bo‘lib, u bunday xizmat ko‘rsatishni davom ettirmaslik yuzasidan tegishli tartibda ogohlantirilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga