Huawei 1
Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 29-31-mart kunlarida kuzatiladigan ob-havo prognozini e'lon qildi

Bugun 29-mart kuni respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida kunning birinchi yarmida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Xorazm, Buxoro viloyatlarida bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Bugun kunduzi havo harorati 8-13o iliq atrofida bo‘ladi. Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni havo 14-17o iliqqacha isiydi.

Kechalari harorat pasayadi va yakshanba kuniga o‘tar kechasi havo 0-5o iliqqacha bo‘ladi.

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharq tomondan esadi, bugun ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, dam olish kunlari shamol tezligi birozdan o‘rtachagacha bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 29-31 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 29 martda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtda: 29 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 30-31 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Bugun kunduzi harorat 10-12o iliq, shanba kuni 12-14o iliq, yakshanba kuni 14-16o iliq bo‘ladi. Kechalari harorat 3-5o iliqqacha asta-sekin pasayadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga