Huawei 1
O'zbekiston 3 oyda xorijga 375,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 219,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 375,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 72,5 % ga yoki 157,7 ming tonnaga ko‘paygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (26,2 %), Rossiya (25,1 %),  Qozog‘iston (10,5 %) va Xitoy (9,2 %)  davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,4 % ini tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga