Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo’yicha Oqqoʼrgʼon tuman sudida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olgan “G.S” MChJ rahbari S.I. ishi ko‘rib chiqildi.
Ma'lumot uchun, 2024-yil 6-noyabrdan 7-noyabrga o‘tar kechasi Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida navbatdagi tungi reyd tadbiri oʼtkazilgan, unda Chirchiq daryosi muhofaza hududidan qum-shagʼal aralashmasi ortib berilayotganligi aniqlangan edi.
Holatga aniqlik kiritilganida qum-shagʼal aralashmasi “G.S.” MCHJ tegishli boʼlgan tosh maydalash sexiga olib borib toʼkilayotganligi ma'lum bo‘lgan. Holat yuzasidan davlat inspektorlari tomonidan tabiatga katta miqdorda zarar yetkazganligi hisob-kitob qilingan va toʼplangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan edi.
Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo’yicha Oqqoʼrgʼon tuman sudi tomonidan “G.S”MChJ rahbari S.I. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, uzil-kesil o‘tash uchun 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘tash belgilandi. Shuningdek, huquqbuzardan davlat foydasiga katta miqdorda zarar va jarima undirilishi belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72616 | Инструменты