Huawei 1
Buxorodagi xususiy bog‘chada 2 yashar bola tok urib vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlarining birida tarbiyalanuvchini tok urgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holatga oydinlik kiritdi.

O‘rganishlarda maʼlum bo‘lishicha, hodisa 28 mart kuni Buxoro tumanida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli oilaviy nodavlat bog‘chasida sodir bo‘lgan. 2023 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi Sh. Sh. (o‘g‘il bola) tok urishi oqibatida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dastlabki tergovda bog‘cha tarbiyachisi M.D.ning kasbiga nisbatan beparvo bo‘lgani hamda vazifalarini lozim darajada bajarmagani, xususan, o‘ziga biriktirilgan guruhda tarbiyalanuvchilarni qarovsiz qoldirgani aniqlandi.

Shularga asosan jinoyat ishi 18 iyun kuni mazmunan ko‘rish uchun sud muhokamasiga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62004 | Инструменты