Huawei 2
Buxoroda 3 nafar fuqaro 52 dona zog’ora balig’ini noqonuniy ovlagani aniqlandi

16-apreldan 31-mayga qadar baliqlarning ko’payish vaqti boshlanganligi sababli baliq ovlash taqiqlangan edi. Ammo shunga qaramasdan baliq ov qilish bilan shug’ullanayotgan fuqarolar uchramoqda. Bu kabi huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari hamda Qorako’l tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan Qorako’l tumanidagi  tabiiy suv havzalari  hududlarida reyd tadbirlari olib borildi.

Olib borilgan reyd tadbirlari davomida, Qorako’l tuman Zamon bobo  tabiiy suv havzasi hududidan Askar ota MCHJ ga qarashli fermer xo’jaligi hududidan Buxoro tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro tomonidan 52 dona zog’ora balig’ini ovlaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko’rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi.

Ushbu holat yuzasidan sud yakuni bo’yicha qo’shimcha ma’lumot taqdim etilishi aytildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga