Huawei 2
Bog‘chalarni qurish va ta’mirlashga ajratilgan mablag‘larning 50 foizi “Ochiq budjet”ga o‘tkaziladi

2025-yilgi investitsiya dasturi doirasida bog‘chalarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarga yo‘naltiriladi. Bu – 29-aprel kuni imzolangan prezident qarorida belgilangan.

Jarayonni tashkil etishda:

  • aholining demografik holati va ehtiyoji inobatga olingan holda, hududlar kesimida loyihalar ro‘yxati manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan shakllantiriladi hamda “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiriladi;
  • jamoatchilik tomonidan eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar g‘olib deb topiladi hamda har bir hudud uchun taqsimlangan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasiga kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Ochiq budjet” portalida 2021-yildan buyon mahalliy budjetlarning bir qismini fuqarolar tashabbuslari asosida taqsimlashga qaratilgan “Tashabbusli budjet”, 2022-yildan buyon esa “Mening yo‘lim” loyihalari amalga oshirib kelinmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga